News

YUNESKO Qoraqalpog‘istonda nomoddiy madaniy merosni asrash dasturini ishga tushirmoqda

2023-yil 29-sentabr – Nukus, Qoraqalpog‘iston.
UNESCO launches a program for safeguarding of the intangible cultural heritage in Karakalpakstan

YUNESKO O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini inventarizatsiya qilish va hujjatlashtirish bo‘yicha 5 kunlik o‘quv dasturini tashkil etadi. Ushbu treningda asosiy e’tibor O‘zbekistonning Qoraqalpog‘istonidagi Qo‘biz va Jirau musiqa merosini asrab-avaylashga qaratilgan.

An’anaviy musiqa asbobi Qo‘biz va u bilan bog‘liq bo‘lgan jirau ijrochilik san’ati Qoraqalpog‘iston nomoddiy madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu turdagi nomoddiy madaniy merosni saqlab qolish jiddiy muammolarga duch kelinmoqda. Ushbu muammolarga malakali hunarmandlar sonining kamayib borayotgani, yosh avlod o‘rtasida ogohlikning cheklanganligi va bu bebaho bilimlarni asrab-avaylash hamda yetkazishdek murakkab vazifalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

Qo‘biz yasash hunari va jirau ijrochilik san’atining kelajagini saqlab qolish uchun shoshilinch choralar ko’rish zarur. Ushbu chora-tadbirlar milliy salohiyatni oshirish, ushbu nomoddiy merosning tarkibiy qismlarini aniqlash va hujjatlashtirish, mahalliy hamjamiyat va manfaatdor tomonlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish hamda ushbu madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazishga ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi. 

Ushbu vazifani inobatga olgan holda, oʻquv dasturi musiqa va nomoddiy meros boʻyicha mutaxassislar, mahalliy hamjamiyatlar, hunarmandlar va boshqa manfaatdor tomonlarni Qoraqalpogʻiston nomoddiy merosining tanlangan elementlarini hujjatlashtirish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarni oʻrgatish orqali nomoddiy merosni inventarizatsiya qilish salohiyatini oshirishga qaratilgan. Treningning davomi sifatida, 2023-yil 4-oktabrdan 10-oktabrga qadar Qoraqalpog‘iston hududida dala tadqiqot ishlari olib boriladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi Qo‘biz va Jirau bilan bog‘liq nomoddiy madaniy meros elementlarini aniqlash, inventarizatsiya qilish va hujjatlashtirishdir. Dala ishlarining maqsadi quyidagilardan iborat: dalaga asoslangan nomoddiy madaniy meros inventarlari bo‘yicha amaliy tajriba bilan ta’minlash va ushbu madaniy an’analarni hujjatlashtirish hamda asrashni osonlashtirishdir.

YUNESKO O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va uning ahamiyati haqida mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda xabardorlikni oshirish tamoyiliga sodiq qoladi. Tashkilot barcha manfaatdor tomonlarning salohiyatini mustahkamlash uchun xalqaro, mintaqaviy va milliy hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritishda davom etadi.

*Tadbirlar “Qo‘biz” an’anaviy cholg‘u asbobini ishlab chiqarish va unda jirau ijrochiligi an’analarini tezkorlik bilan himoya qilish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha YUNESKOning 2003 yilgi Konvensiyasining nomoddiy madaniy meros jamg‘armasi tomonidan saxovatli tarzda moliyalashtiriladi. Uning asosiy vazifalari Qo‘biz va jirau an’analarini saqlab qolish orqali Qoraqalpog‘istonning o‘lmas merosini himoya qilish hamda Qoraqalpog‘istonning jonli merosini asrab-avaylash muhimligi to‘g‘risida qo‘biz va jirauga alohida e’tibor qaratishdan iborat. 

Murojaat uchun:

Мухайё Махмудова, Madaniyat dasturi mutaxassisi, email: m.makhmudova@unesco.org

Гульбахар Изентаева, Madaniyat bo‘yicha maslahatchi, email:g.izentaeva@unesco.org