News

"Ajdodlar ohanglari: Qobiz va Jirau" hujjatli filmi taqdimoti

YUNESKO Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa asbobi – Qobiz va Jirau ijrochiligiga bagʻishlangan hujjatli film taqdimotini tashkillashtirdi.
Film presentation_Kobyz

YUNESKO ʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa asbobi – Qobiz va Jirau ijrochiligiga bagʻishlangan hujjatli film taqdimotini tashkillashtirdi. Tadbir 2025-yil 6-mart kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.

Mazkur tashabbus “An’anaviy musiqa asbobi Qobizni yasash va Jiyrau ijro an’analarini saqlash bo‘yicha tezkor choralar”  loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Qoraqalpogʻistonning betakror madaniy anʼanalarini saqlash va ularning milliy hamda xalqaro darajada ahamiyatini oshirishga qaratilgan.

Film presentation_Kobyz2

ʻistonning shimoli-gʻarbiy hududi hisoblangan Qoraqalpogʻiston boy nomoddiy madaniy merosi bilan mashhur boʻlib, xususan, Qobiz musiqa asbobini yasash sanʼati va unga bogʻliq boʻlgan Jirau ijrochiligi anʼanasi alohida oʻrin tutadi. Biroq ushbu madaniy meros yoʻqolib ketish xavfi ostida turibdi. Tajribali hunarmandlarning kamayib borishi, yosh avlod orasida ushbu anʼanaga nisbatan qiziqishning pasayishi va uni kelajak avlodga yetkazish bilan bogʻliq muammolar asrash va targʻib qilish jarayoniga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Hujjatli film Qobiz musiqa asbobini yaratish sanʼati va Jirau ijrochiligi – ogʻzaki hikoya qilish hamda musiqiy ifoda uslubiga bagʻishlangan. Ushbu film orqali YUNESKO hamkor tashkilotlar bilan Qoraqalpogʻistonning boy madaniy merosini nishonlash barobarida, kelajak avlodlar uchun muhim taʼlimiy manba ham yaratmoqda.

Film presentation_Kobyz3

Tadbir davomida hukumat vakillari, madaniy meros boʻyicha ekspertlar, kinoijodkorlar, tadqiqotchilar va xalqaro hamjamiyat vakillari jam boʻlib, nomoddiy madaniy merosni asrashning ahamiyati va Qobiz hamda Jirau anʼanalariga bo‘lgan e’tiborni oshirish yo‘llarini yana bir bor qayd etishdi.YUNESKO ʻistonning boy madaniy merosini asrash va targʻib qilishga sodiq qolgan holda ushbu ilhomlantiruvchi hujjatli filmni ommaga taqdim etishga tayyor.

Ushbu tadbir YUNESKO 2003-yilgi Konvensiyasi qoshidagi Nomoddiy madaniy meros jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Anʼanaviy musiqa asbobi Qobizni yasash va Jirau ijrochiligi anʼanalarini asrash bo’yicha tezkor choralar” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosiy maqsadi – Qoraqalpogʻistonning yashayotgan madaniy merosini, xususan, Qobiz va Jirau anʼanalarini saqlash hamda bu anʼanalarning muhimligini targʻib qilishdir.

Film presentation_Kobyz4